19 mar 08:23
Yangiliklar
Engil atletika

SHarifa Davronova Jahon chempionatida ishtirok etadi
21-23 mart kunlari Xitoyning Nanking shahridagi "Sports Training Center" majmuasida engil atletika bo'yicha yopiq inshootlardagi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi vakilasi SHarifa Davronova ham ishtirok etadi. Sportchimiz uch xatlab sakrash dasturida chiqish qiladi.
18 yoshli SHarifa yanvar oyida Astanadagi (Qozog'iston) xalqaro musobaqada qayd etgan natijasi orqali jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqqandi. Turkiyaning Belek shahrida tayyorgarlik olib borgan SHarifaning musobaqadagi chiqishi 22 mart kuniga to'g'ri keladi.
Havola :
Manba : Sport TV
Fikrlar