15 iyu 09:50
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Fersmold turniridagi ishtirokini yakunladi
Germaniyaning Fersmold shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollardan iborat ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qildi.
Afsuski, SHaripova chorak finalda chexiyalik Anastasiya Zariskaga 6:4, 4:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini muddatidan avval yakunladi.
Malumot uchun, Sabina ilk davrada germaniyalik Katerina Gerlaxdan 3:6, 6:2, 6:1, ikkinchi bosqichda yaponiyalik Misa Eguchidan 6:3, 6:2 hisobida ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar