03 iyu 09:20
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Germaniyadagi turnirning birinchi raketkasi!
Germaniyaning Darmshdat shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning saralash uchrashuvlari o'tkazilyapti.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'rida Sabina SHaripova ham ishtirok etadi. Hamyurtimiz turnirning birinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
Bugun saralash uchrashuvlari yakunlanib, asosiy to'rga yo'llanma olgan barcha tennischilar nomi malum bo'ladi. SHundan so'ng asosiy to'rga qura tashlanadi. SHaripova dunyo reytingida 152-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar