08 iyu 08:25
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Germaniyadagi turnirning yarim finalida kortga chiqmadi
Germaniyaning Darmshdat shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada Sabina SHaripova ham ishtirok etdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi yakkalik bahslarini birinchi davradayoq yakunlagan edi.
Rossiyalik Yana Sizikova bilan birinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Sabina yarim finalga yo'llanma olgandi. Lekin bu juftlik final chiptasi uchun kechishi kerak bo'lgan uchrashuvda kortga chiqmadi.
SHu bois, ularning raqibalari misrlik Samir Sandra hamda lixtenshteynlik Katinka Van Dichman juftligiga kurashsiz finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar