03 sen 12:40
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Guyyandagi turnirning bosh mukofoti uchun kortga chiqadi
Xitoyning Guyyan shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu musobaqada ikki tennischimiz Nigina Abduraimova va Sabina SHaripovaning ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik. Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan Nigina yarim finalda mezbon tennischisiga yutqazib qo'ydi.
Ikkinchi raqam ostida tasniflangan Sabina esa aksincha, final chiptasini qo'lga kiritdi. Turnirning uchinchi raketkasi xitoylik CHang Liuga qarshi kortga chiqqan hamyurtimiz raqibasini 6:3, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Endi u bosh mukofot uchun bahsda Nigina uchun revansh olishga urinib ko'radi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar