27 mar 07:55
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Kruasi-Boburdagi turnirda, ilk raqiba malum
Mamlakatimizning birinchi raqamli ayol tennischisi Sabina SHaripova bu hafta Franciyaning Kruasi-Bobur shahridagi turnirda ishtirok etadi.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz asosiy to'r bahslaridan o'z ishtirokini boshlaydi. Uning birinchi davradagi raqibasi serbiyalik Ivana Yorovich bo'ladi.
SHaripova turnirning ettinchi raketkasi sifatida harakat qiladi. Serbiyalik tennischi esa dunyo reytingida 151-o'rinni egallab turibdi. Sabina musobaqaning juftliklar bellashuvida ham qatnashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar