26 okt 12:10
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Lyuchjou turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning Lyuchjou shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan. Sabina bir necha daqiqa avval ilk davra uchrashuvida saralash musobaqasi g'olibalaridan biri, xitoylik Ziyu Sanni mag'lub etdi.
Ellik olti daqiqa davom etgan bahsda SHaripova raqibasini 6:2, 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Dunyo reytingida 157-pog'onadan joy olgan SHaripova turnirning juftliklar bahsida ham ishtirok etadi.
Amerikalik Jaklin Kako bilan tandem hosil qilgan vakilamizning ilk davradagi raqibalari tailandlik tennischilar bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar