25 okt 10:30
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Lyuchjoudagi turnirda, u beshinchi raketka
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning Lyuchjou shahrida start olgan turnirda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan. Sabina qura natijasiga ko'ra, ilk davrada saralash musobaqasi g'olibalaridan biriga qarshi kortga chiqadi.
SHuningdek, dunyo reytingida 157-pog'onadan joy olgan SHaripova turnirning juftliklar bahsida ham ishtirok etadi. Amerikalik Jaklin Kako bilan tandem hosil qilgan vakilamizning ilk davradagi raqibalari tailandlik tennischilar bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar