04 iyu 09:55
Yangiliklar
Tennis

SHaripovaning Germaniyadagi ilk raqibasi malum
Bugun Germaniyaning Darmshdat shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari start oladi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'rida Sabina SHaripova ham ishtirok etadi. Hamyurtimiz turnirning uchinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
Qura natijasiga ko'ra vakilamiz asosiy to'rning ilk davrasida avstriyalik Juliya Graberga qarshi kortga chiqadi. SHaripova dunyo reytingida 149, 21 yoshli Graber esa 290-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar