So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

24 may 07:43
Yangiliklar

SHaxmat

Sharjah Masters 2025. 7-turda o'zbek derbisi, Nig'matovda g'alaba, Nodirbek peshqadam bilan o'ynadi

BAAning SHarja shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 turnirida 7-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Mukofot jamg'armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida to'rt nafar grossmeysterimiz - Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nig'matov ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishmoqda. 

Kecha musobaqada 7-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Musobaqada birinchi raqam ostida saralangan Nodirbek Abdusattorov birinchi doskada qora donalarda turnirning ikkinchi raqamli shaxmatchisi, niderlandiyadik Anish Giriga qarshi bahs olib bordi va durangga rozi bo'ldi. Hamyurtimiz turnir jadvalida 5 ochko bilan sof ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Giri 5,5 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda.  

Sharjah Masters 2025 turnirining 7-turida o'zbek derbisi kuzatildi. Jahongir Vohidov va Muhiddin Madaminov o'zaro uchrashuvda 15-yurishdan so'ng durangga imzo chekishdi. Har ikki grossmeysterimizning ochkosi 2 taga etdi. Ortiq Nig'matov bu turda oq donalarda rossiyalik grossmeyster Aleksey Grebnevni mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan uning ochkolari 4 taga etdi. 

Sakkizinchi tur oldidan Anish Giri 5,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Nodirbek Abdusattorov 5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Armanistonlik SHant Sargsyan, serbiyaliklar Aleksandar Indjich, Velimir Ivich hamda Nodirbekning bugungi 8-turdagi raqibi BAAlik grossmeyster Salem Saleh hisobida ham 5 ta ochko bor. Ortiq Nig'matov 4 ochko bilan qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 24-pog'onaga ko'tarildi. Muhiddin Madaminov 76, Jahongir Vohidov 78-pog'onadan joy olgan. 

Bugun 8-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda o'zi singari 5 ochkoga ega amirlik grossmeyster Salem Salehga qarshi bahs olib boradi. Ortiq Nig'matov qora donalarda ruminiyalik Devid Gavrileskuga qarshi o'ynaydi. Jahongir Vohidov qora donalarda braziliyalik Jiovanni Veskovi, Muhiddin Madaminov esa oq donalarda polshalik Yakub Simannga qarshi o'ynaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing