So’nggi yangiliklar

14:26"Тарих уларни руҳлантиради". Тухель — ЖЧ-2026 ярим финалидаги Англия — Аргентина баҳси ҳақида 0 13:58Mangu 4 турнирида ўзбекистонлик ва қирғизистонликлар ўртасида кубок учун жанглар ўтказилади 0 13:45РАСМАН! UFC Нурсултон Рўзибоевнинг кейинги рақиби, жанг санаси ва манзилини эълон қилди (ПОСТЕР) 0 13:34Нурсултон Рўзибоев яна танқидчиларга мурожаат қилди (ФОТО) 0 13:04Магомед Анкалаев: "Гусковни ютаман, кейин эса..." 0 12:38Де ла Фуэнте Дешамнинг сўзларига жавоб қайтарди: "Мағлубиятга учраганда ҳамма баҳона қидиради" 0 12:13Анвар Анваров Венгриядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди (ВИДЕО) 0 11:58Жиу-житсучиларимиз Осиё чемпионатига йўл олишди 0 11:37UFC Анкалаев — Гусков жанги учун расмий постерни тақдим этди (ФОТО) 0 11:11Одилхон Камолов Шоҳжаҳон Эргашев билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:39Зинедин Зидан Дидье Дешам кетганидан кейин Франция терма жамоасини бошқаради — Романо 0 10:11Бугун 13 нафар боксчи қизларимиз Осиё чемпионлиги учун жанг қилади 0 09:40Сергей Ростовцев Италияда биринчи бўлди 0 09:03Асу Алмабаев UFC рейтингида яна юқорилади 0 08:25Дешам ЖЧ-2026 ярим финалида Франциянинг Испаниядан учраган мағлубияти сабабини айтди 0

22 may 07:22
Yangiliklar

SHaxmat

Sharjah Masters 2025. Grossmeysterlarimiz 5-turda qanday natija qayd etishdi?

BAAning SHarja shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 turnirida 5-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Mukofot jamg'armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida to'rt nafar grossmeysterimiz - Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nig'matov ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishmoqda. 

Kecha musobaqada 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda vengriyalik grossmeyster Adam Kozak bilan durang o'ynadi. Ushbu bahsdan bir necha soat o'tib, afsonaviy Magnus Karlsenga qarshi onlayn match kutib turgani bois, Nodirbek g'alaba uchun tavakkal qilmadi. Ortiq Nig'matov oq donalarda reytingda o'zidan yuqorida turgan hindistonlik Kartik Venkataraman bilan murosaga keldi. 

Afsuski, Sharjah Masters 2025 turnirining 5-turida Muhiddin Madaminov va Jahongir Vohidov oq donalarda harakat qilganlariga qaramay, raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Madaminov qozog'istonlik tajribali grossmeyster Rinat Jumabaevga, Vohidov esa eronlik grossmeyster Movahed Sinaga yutqazib qo'ydi. 

Oltinchi tur oldidan xitoylik Dai CHangren, niderlaniyalik Anish Giri va serbiyalik Aleksandar Injich 4 tadan ochko jamg'arib, 1-3 o'rinlarni band etishgan. O'n uch nafar ishtirokchi 3,5 tadan ochkoga ega. Ular orasida Nodirbek Abdusattorov ham bor. Hamyurtimiz qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 13-o'rindan joy olgan. Ortiq Nig'matov 3 ochko bilan qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 24-pog'onani band etgan. Muhiddin Madaminov 1,5 ochko bilan 72, Jahongir Vohidov esa 1 ochko bilan 79-pog'onada bormoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing