So’nggi yangiliklar

11:20Мессининг жароҳат жиддийми? "Интер Майами" футболчининг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 10:58Амирхон Алихўжаев ҳам Mangu 3'да жанг қилади. Рақиб эълон қилинди 0 10:36Анвар Анваров "Бриллиант Лига"нинг иккинчи босқичида қандай натижа кўрсатди? 0 10:13"Шунчаки сизларни зериктиргим келмади". Александр Усик Верхувен билан жанг ҳақида гапирди 0 09:48Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 4 та баҳс бўлиб ўтади 0 09:24Хамзат Чимаев Стрикленддан реванш сўрамоқда 0 08:59Ажойиб! Камилла Раҳимова дунёнинг 32-ракеткасини енгиб, "Ролан Гаррос" иккинчи даврасига йўл олди 0 08:34Жаҳонгир Расулов RCC Гран-приси финалига йўл олди 0 08:07Ўзбекистон МТЖ АҚШга жўнаб кетди (ФОТО) 0 19:04Расман! Асламжон Ортиқов ҳам ONE FC чемпионлиги учун жанг қилади! 0 18:40Фомин Молдова Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 18:16Шаҳрам Ғиёсов Тошкентга қайтиб келди (ВИДЕО) 0 17:51Чемпионлар Лигасида ўйнайдиган 29 та жамоа маълум 0 17:23Камилла Раҳимова ҳамда "Ролан Гаррос-2026": Ўзбекистон тенниси учун янги саҳифа 0 16:59"Ҳумо" Ўзбекистон очиқ чемпионати ғолибига айланди 0

21 may 09:46
Yangiliklar

SHaxmat

Sharjah Masters 2025. Ikkinchi o'zbek derbisida ham Abdusattorov g'alaba qozondi

BAAning SHarja shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 turniri qizg'in kurashlar ostida davom etyapti.

Mukofot jamg'armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida to'rt nafar grossmeysterimiz - Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nig'matov ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishmoqda. 

Kecha musobaqada 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi va 3-turda bo'lgani singari yana o'ziga xos o'zbek derbisiga guvoh bo'ldik. Jahongir Vohidovga qarshi bahsda turnirdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov 4-turda oq donalarda yana bir hamyurtimiz Ortiq Nig'matovni ham taslim etdi. Nig'matov 4-turgacha 2 g'alaba va 1 durang bilan turnir jadvalida Nodirbekdan yuqorida borayotgandi.

Afsuski, Sharjah Masters 2025 turnirining 4-turida qolgan ikki grossmeyterimiz mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Muhiddin Madaminov qora donalarda mezbonlar vakili Salem Salehga, Jahongir Vohidov hama qora donalarda xitoylik Pang Taoga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Birinchi doskada ikki yarimtadan ochko jamg'argan rossiyalik Ivan Zemlyanskiy va niderlandiyalik Anish Giri uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Nodirbekdan keyin ikkinchi raqam ostida tasniflangan Giri zafar quchdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing