So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

23 may 07:59
Yangiliklar

SHaxmat

Sharjah Masters 2025. Nodirbek Abdusattorovda g'alaba va u kuchli uchlikka kirib oldi

BAAning SHarja shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 turnirida 6-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Mukofot jamg'armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida to'rt nafar grossmeysterimiz - Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nig'matov ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishmoqda. 

Kecha musobaqada 6-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindsitonlik grossmeyster Iniyan Pani mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan turnirning birinchi raqamli shaxmatchisi bo'lgan hamyurtimiz turnir jadvalida 4,5 ochko bilan sof uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 

Afsuski, Sharjah Masters 2025 turnirining 6-turida qolgan shaxmatchilarimiz qora donalarda o'ynab, ochko yo'qotishdi. Ortiq Nig'matov rossiyalik David Paravyanga, Muhiddin Madaminov hindistonlik Aronyak Goshga imkoniyati boy berdi. Jahongir Vohidov esa yana bir hind grossmeysteri Abhijit Gupta bilan murosaga keldi.

Ettinchi tur oldidan turnirning ikkinchi saralangan shaxmatchisi niderlandiyalik Anish Giri hamda serbiyalik Aleksandar Indjich 5 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. Nodirbek Abdusattorov kechagi g'alabasi evaziga 4,5 ochko bilan sof uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 

Etiborga molik jihati shundaki, bugun 7-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda aynan Anish Giriga qarshi bahs olib boradi. Ehimoliy g'alaba uni chempionlik sari yaqinlashiradi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing