So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

21 may 14:40
Yangiliklar

SHaxmat

Sharjah Masters 2025. Nodirbek peshqadamlar safida. Bugun 5-turda shaxmatchilarimiz kimlarga qarshi dona surishadi?

Xabaringiz bor, shu kunlarda BAAning SHarja shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 turniri bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida to'rt nafar grossmeysterimiz - Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nig'matov ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishmoqda. 

Bugun musobaqaning 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. O'zbek shaxmatchilarga qarshi kechgan bahslarda ketma-ket ikkita g'alaba qayd etgan Nodirbek Abdusattorov 5-turda qora donalarda vengriyalik grossmeyster Adam Kozakka qarshi bahs olib boradi. Qolgan uch grossmeysterimiz bugungi tur o'yinlarini raqiblariga qarshi oq donalarda o'tkazishadi. Jahongir Vohidov eronlik Sina Movahed, Muhiddin Madaminov qozog'istonlik Rinat Jumaboev, Ortiq Nig'matov esa hindistonlik Kartik Venkataramanga qarshi dona suradi. 

Beshinchi tur oldidan niderlandiyalik Anish Giri va serbiyalik Aleksandar Injich 3,5 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. O'n nafar grossmeyster hisobida 3 ochkodan bor. Ular orasida Nodirbek Abdusattorov ham 3 ochko to'plab, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 11-o'rinni egallab turibdi. Uchinchi pog'onadagi hindistonlik Visahda ham 3 ochko bor. Ortiq Nig'matov 2,5 ochko bilan 18, Muhiddin Madaminov 1, 5 ochko bilan 59, Jahongir Vohidov esa 1 ochko bila 72-pog'onadan joy olgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing