So’nggi yangiliklar

11:45Шаҳрам Ғиёсов The Ring рейтингини тарк этди 0 11:20Мессининг жароҳат жиддийми? "Интер Майами" футболчининг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 10:58Амирхон Алихўжаев ҳам Mangu 3'да жанг қилади. Рақиб эълон қилинди 0 10:36Анвар Анваров "Бриллиант Лига"нинг иккинчи босқичида қандай натижа кўрсатди? 0 10:13"Шунчаки сизларни зериктиргим келмади". Александр Усик Верхувен билан жанг ҳақида гапирди 0 09:48Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 4 та баҳс бўлиб ўтади 0 09:24Хамзат Чимаев Стрикленддан реванш сўрамоқда 0 08:59Ажойиб! Камилла Раҳимова дунёнинг 32-ракеткасини енгиб, "Ролан Гаррос" иккинчи даврасига йўл олди 0 08:34Жаҳонгир Расулов RCC Гран-приси финалига йўл олди 0 08:07Ўзбекистон МТЖ АҚШга жўнаб кетди (ФОТО) 0 19:04Расман! Асламжон Ортиқов ҳам ONE FC чемпионлиги учун жанг қилади! 0 18:40Фомин Молдова Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 18:16Шаҳрам Ғиёсов Тошкентга қайтиб келди (ВИДЕО) 0 17:51Чемпионлар Лигасида ўйнайдиган 29 та жамоа маълум 0 17:23Камилла Раҳимова ҳамда "Ролан Гаррос-2026": Ўзбекистон тенниси учун янги саҳифа 0

19 may 13:40
Yangiliklar

SHaxmat

Sharjah Masters. Bugun 3-turda o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz

SHu kunlarda BAAning SHarja shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 turniri davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida to'rt nafar grossmeysterimiz - Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nig'matov ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishmoqda.

Bugun musobaqaning 3-tur uchrashuvlari o'tkaziladi va biz uchun ahamiyatlisi unda o'ziga xos o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Dastlabki ikki turda durang o'ynagan Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Jahongir Vohidovga qarshi bahs olib boradi. Birinchi turda mag'lubiyatga uchragan Vohidov ikkinchi partiyada g'alaba qozongandi. 

Sharjah Masters 2025 turnirining 3-turida Ortiq Nig'matov oq donalarda AQSH shaxmatchisi Akobyan Varujan bilan hisob-kitob qiladi. Nig'matov kecha 2-turda hindistonlik Sankalp Guptani taslim etgandi. Muhiddin Madaminov 3-turda aynan Gupta bilan to'qnash keladi. 

Uchinchi tur oldidan uch shaxmatchi - Dai CHangren (Xitoy), Aleksandar Injich (Serbiya) va Visah (Hindiston) yuz foizlik natija bilan peshqadamik qilyapti. Yigirma etti ishtirokchi hisobida 1,5 tadan ochko bor. Ular orasida Ortiq Nig'matov ham bor. U qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 18-o'rinni egallab turibdi. Bir ochkodan jamg'argan Nodirbek Abdusattorov qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 46, Jahongir Vohidov 52-pog'onadan joy olgan. Muhiddin Madaminov 0,5 ochko bilan 63-o'rinda bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing