So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

18 may 13:39
Yangiliklar

SHaxmat

Sharjah Masters. Nodirbek Abdusattorov bir sutkada ikki davlatda ikki uchrashuv o'tkazdi

BAAning SHarja shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 turniri boshlandi.

Mukofot jamg'armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida to'rt nafar grossmeysterimiz - Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nig'matov ham sovrinli o'rinlar uchun bahslarga kirishdi. 

Bir kun avval Ruminiyaning Buxarest shahrida yakuniga etgan turnirning so'nggi turida o'ynagan Nodirbek Abdusattorov bir sutka ichida ikki davlatdagi musobaqada o'yin o'tkazdi. Abdusattorov Sharjah Masters turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan bo'lib, 1-tur uchrashuvida qora donalarda hindistonlik grossmeyster Panayappan Setxuramanga qarshi bahs olib bordi. Hamyurtimiz mag'lubiyati muqarrar bo'lib qolgan vaziyatdan chiqib ketdi va yakunda durangga imzo chekdi. 

Sharjah Masters 2025 turnirining 1-turida shaxmatchilarimizdan birgina Jahongir Vohidov mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U oq donalarda turnirning uchinchi tartib raqamli ishtirokchisi, eronlik taniqli grossmeyster Amin Tabatabayiga yutqazib qo'ydi. Muhiddin Madaminov va Ortiq Nig'matov esa reytingi o'zlaridan yuqoridagi raqiblari murosaga kelishdi.  

SHaxmatchilarimizning 1-turdagi nitajalari:

Panayappan Setxuraman (Hindiston) - Nodirbek Abdusattorov - 0,5:0,5

Jahongir Vohidov - Amin Tabatabayi (Eron) - 0:1

Muhiddin Madaminov - Syanyuy Syuy (Xitoy) - 0,5:0,5

Ortiq Nig'matov - Pranav Anand (Hindiston) - 0,5:0,5

Bugun 2-tur uchrashuvida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda yana bir hind grossmeysteri Aditya Mittalga qarshi bahs olib boradi. Muhiddin Madaminov qora donalarda greciyalik Nikolas Teodorou, Ortiq Nig'matov hindistonlik Sankalp Gupta bilan hisob-kitob qiladi. Jahongir Vohidov esa serbiyalik ayol shaxmatchi Teodora Inyacga qarshi qora donalarda o'ynaydi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing