So’nggi yangiliklar

12:07Осиё чемпионати: Курашчи қизларимиз умумжамоа ҳисобида учинчи бўлишди 0 11:45Шаҳрам Ғиёсов The Ring рейтингини тарк этди 0 11:20Мессининг жароҳат жиддийми? "Интер Майами" футболчининг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 10:58Амирхон Алихўжаев ҳам Mangu 3'да жанг қилади. Рақиб эълон қилинди 0 10:36Анвар Анваров "Бриллиант Лига"нинг иккинчи босқичида қандай натижа кўрсатди? 0 10:13"Шунчаки сизларни зериктиргим келмади". Александр Усик Верхувен билан жанг ҳақида гапирди 0 09:48Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 4 та баҳс бўлиб ўтади 0 09:24Хамзат Чимаев Стрикленддан реванш сўрамоқда 0 08:59Ажойиб! Камилла Раҳимова дунёнинг 32-ракеткасини енгиб, "Ролан Гаррос" иккинчи даврасига йўл олди 0 08:34Жаҳонгир Расулов RCC Гран-приси финалига йўл олди 0 08:07Ўзбекистон МТЖ АҚШга жўнаб кетди (ФОТО) 0 19:04Расман! Асламжон Ортиқов ҳам ONE FC чемпионлиги учун жанг қилади! 0 18:40Фомин Молдова Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 18:16Шаҳрам Ғиёсов Тошкентга қайтиб келди (ВИДЕО) 0 17:51Чемпионлар Лигасида ўйнайдиган 29 та жамоа маълум 0

19 may 08:44
Yangiliklar

SHaxmat

Sharjah Masters. Nodirbek Abdusattorov yana qiyin vaziyatdan chiqib ketdi, Nig'matov va Vohidovda g'alaba

BAAning SHarja shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 turniri davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida to'rt nafar grossmeysterimiz - Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nig'matov ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishmoqda. 

Nodirbek Abdusattorovga dam olishsiz ketma-ket ikkita turnirda qatnashayotgani o'z tasirini o'tkazmay qolmayapti. Sharjah Masters turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan Abdusattorov 2-turda yana qiyin vaziyatdan chiqib ketib, yakunda durang natija qayd eta oldi. U oq donalarda hindistonlik grossmeyster Aditya Mittal bilan murosaga keldi. 

Sharjah Masters 2025 turnirining 2-turida shaxmatchilarimizdan Jahongir Vohidov va Ortiq Nig'matov g'alabaga erishidi. Har ikki grossmeysterimiz ham qora donalarda o'ynaganliklariga qaramay musobaqadagi ilk g'alabalarini qo'lga kiritishdi. Nig'matov hindistonlik Sankalp Guptani, Vohidov esa serbiyalik ayol shaxmatchi Teodora Inyacni taslim etdi. Muhiddin Madaminov esa greciyalik Nikolas Teodorouga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing