So’nggi yangiliklar

11:20Мессининг жароҳат жиддийми? "Интер Майами" футболчининг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 10:58Амирхон Алихўжаев ҳам Mangu 3'да жанг қилади. Рақиб эълон қилинди 0 10:36Анвар Анваров "Бриллиант Лига"нинг иккинчи босқичида қандай натижа кўрсатди? 0 10:13"Шунчаки сизларни зериктиргим келмади". Александр Усик Верхувен билан жанг ҳақида гапирди 0 09:48Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 4 та баҳс бўлиб ўтади 0 09:24Хамзат Чимаев Стрикленддан реванш сўрамоқда 0 08:59Ажойиб! Камилла Раҳимова дунёнинг 32-ракеткасини енгиб, "Ролан Гаррос" иккинчи даврасига йўл олди 0 08:34Жаҳонгир Расулов RCC Гран-приси финалига йўл олди 0 08:07Ўзбекистон МТЖ АҚШга жўнаб кетди (ФОТО) 0 19:04Расман! Асламжон Ортиқов ҳам ONE FC чемпионлиги учун жанг қилади! 0 18:40Фомин Молдова Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 18:16Шаҳрам Ғиёсов Тошкентга қайтиб келди (ВИДЕО) 0 17:51Чемпионлар Лигасида ўйнайдиган 29 та жамоа маълум 0 17:23Камилла Раҳимова ҳамда "Ролан Гаррос-2026": Ўзбекистон тенниси учун янги саҳифа 0 16:59"Ҳумо" Ўзбекистон очиқ чемпионати ғолибига айланди 0

20 may 07:53
Yangiliklar

SHaxmat

Sharjah Masters. O'zbek derbisida Abdusattorov ustun, Madaminov va Nig'matovda ham g'alaba

SHu kunlarda BAAning SHarja shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 turniri davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida to'rt nafar grossmeysterimiz - Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nig'matov ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishmoqda. 

Musobaqaning 3-turida o'ziga xos o'zbek derbisiga guvoh bo'ldik. Dastlabki ikki turda durang o'ynagan Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Jahongir Vohidovga qarshi bahs olib bordi va g'alaba qozondi. Birinchi turda mag'lubiyatga uchragan Vohidov ikkinchi partiyada g'alaba qozongandi. Derbida tajriba o'z so'zini aytdi. 

Sharjah Masters 2025 turnirining 3-turida Ortiq Nig'matov oq donalarda AQSH shaxmatchisi Akobyan Varujan bilan hisob-kitob qildi va muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Nig'matov kecha 2-turda hindistonlik Sankalp Guptani ham taslim etgandi. Muhiddin Madaminov esa kecha 3-turda reytingda o'zidan yuqorida borayotgan aynan Guptani mag'lub etishni uddaladi. Hind grossmeysteri ketma-ket ikki mag'lubiyatini o'zbekistonlik shaxmatchilardan qabul qilib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing