31 avg 08:11
Yangiliklar
Boshqalar

SHashkachilarimiz jahon chempionatida rekord qayd etishdi
Bolgariyaning Kraneva shahrida 64 katakli shashka bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Yilning ushbu nufuzli musobaqasida Yunus Aminjonov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etyapti.
Quvonarlisi, shashkachilarimiz 6 ta oltin, 7 ta kumush, 4 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Hozircha ushbu natija terma jamoamizning jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkichi bo'lib turibdi.
Jahon chempionati bilan parallel ravishda aynan Kraneva shahrida shashka bo'yicha jahon Kubogi ham bo'lib o'tmoqda. Bu musobaqada 3 nafar hamyurtimiz chempionlik shoxsupasiga ko'tarildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar