03 sen 10:55
Yangiliklar
SHaub Nurmagomedovning mag'lubiyati haqida: "Navbat Maxachevga!"
SHaub yakunda UFC`ning engil vazn toifasi chempioni, tashkilotning vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi jangchisi (P4P) hisoblangan Islam Maxachevning qulashiga olib kelishiga ishonmoqda.
"Menimcha, bu Nurmagomedovlar jamoasi himoyasidagi kichik bir tirqishni ko'rsatib berdi. O'ylayman-ki, navbatdagisi Islam bo'ladi. Bu aqldan ozgandek tuyulishi mumkin, bilaman. Lekin endi yigitlar ularning jamoasidan kamroq qo'rqishadi, chunki ularni qanday mag'lub etish rejasi ko'rina boshladi: shunchaki yuziga urish kerak. Ikkilanmang, ularni texnik jihatdan engishga urinishning keragi yo'q", — dedi SHaub "Big Brown Breakdown" tahliliy dasturida.
SHaubning fikricha, rossiyalik jangchini mag'lub etish uchun eng katta imkoniyatga ega bo'lgan sportchi — bu muddatidan oldin g'alaba qozonish ko'rsatkichi yuqori va kurash bazasiga ega bo'lgan mag'lubiyatsiz ekvadorlik Maykl Moralesdir.
SHunga qaramay, Islam Maxachevning navbatdagi raqibi katta ehtimol bilan braziliyalik nokautchi Karlos Prates bo'ladi. U chempion bilan joriy yilning oxiri yoki kelasi yilning boshida oktagonda to'qnash kelishi mumkin.

Fikrlar