So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

02 iyu 17:17
Yangiliklar

Boshqalar

SHavkat Mirzaqulov: “Turkman kurashida ham oltin oldik”

Xabar berganimizdek, Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida belbog'li kurash bo'yicha nufuzli musobaqa o'tkazilib, unda terma jamoamiz azolari jami 32ta medallar jamlanmasini qo'lga kiritishgan edi.

Kelasi yili Turkmaniston poytaxtida tashkil etiladigan yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari oldidan ko'rik vazifasini o'tab bergan ushbu turnirda qitamizning 16 davlatidan polvonlar gilamga chiqishdi. Bellashuvlar to'rt yo'nalishda to'rt kun davom etdi. Ishtirokchilar belbog'li kurashimizning klassik va erkin (bunda oyoqan chalish bor) yo'nalishi hamda turkman kurashining erkin va klassik yo'nalishi bo'yicha o'zaro kuch sinashdilar.

Musobaqada 13 erkak va 5 nafar ayol kurashchimiz 4 ta oltin, 5 ta kumush va 23 ta bronza medali bilan mezbonlardan so'ng umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni band etdi. Kuchli uchlikdan esa qirg'izistonlik sportchilar o'rin olishdi.

- Musobaqa yuksak saviyada o'tdi, - deydi terma jamoamiz bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulov. – Erkaklar 8, ayollar esa 5ta vaznda gilamga chiqishdi. Sportchilarimizdan Husniddin Ro'ziev nafaqat bizning balki, turkman yo'nalishida ham oltin medal oldi. Gulmira Ismatova esa belbog'li kurashning ikki yo'nalishida ham barcha raqiblaridan ustun keldi. Kumush medallarni esa Zohid Ismoilov, Boburmirzo Mo'ydinov, Elbek Sotiboldiev, Bobur To'xtasinov, SHahzoda Ergasheva hamda Gulmira Ismatova qo'lga kiritdi. Qolgan kurashchilarimizning aksariyati esa shoxsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldilar.

- Uchinchi o'rin juda ham ko'p-ku?

- Aslida kumush medallarning ham bir nechtasi oltin bo'lishi kerak edi. Mezbonlar bilan bellashganda hakamlar ko'pincha ochiqdan-ochiq g'alabani ularga tortiq qiladi. Yarim finaldagi mag'lubiyatlar ham shuning xisobiga ortib ketdi. Aslida ko'plab vakillarimiz oltinga munosib harakat qilgandi.

- Turkman kurashining bizning belbog'li kurashdan farqi balki, polvonlarimizga qiyinchilik tug'dirgandir?

- Yo'q, turkman kurashi ham bizning kurash bilan deyarli bir xil. Faqatgina ochko berish tizimi tennisga o'xshab ketadi. Bellashuv uch daqiqadan iborat bo'lib, qaysi tomon ikki ochkoga ilgarilab ketsa, o'sha g'alaba qozongan xisoblanadi.

- 2017 yil o'tadigan yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida kurashchilar qaysi yo'nalishlarda gilamga chiqishadi?

- Kuni kecha yakuniga etgan “test turniri”dagi kabi to'rt yo'nalishda bellashadilar. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing