13 iyu 18:23
Yangiliklar

SHavkat Mirziyoev futbol bo'yicha Jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi
Peskov, shuningdek, ertaga Moskvaning “Lujniki” stadionida bo'lib o'tadigan JCH-2018 ochilish marosimida ishtirok etadigan yuqori martabali mehmonlar haqida ham aytib o'tgan.
Unga ko'ra, jahon chempionatining ochilish marosimiga Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Boliviya Prezidenti Evo Morales, Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboev, Qirg'iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Panama Prezidenti Xuan Karlos Varela, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Paragvay Prezidenti Orasio Kartes, Ruanda Prezidenti Pol Kagame, shuningdek, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Livan Bosh vaziri Saad Xariri va KXDR parlamenti raisi Kim Yon Nam ishtirok etishi malum bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Prezidenti Farg'onada viloyati faollari ishtirokida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida Moskvaga safar qilishi mumkinligini ham aytib o'tgandi.
Malumot uchun, 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Jahon chempionatining ochilish uchrashuvi «Lujniki» stadionida bo'lib o'tadi va unda Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'zaro maydonga tushadi.
Fikrlar