So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

19 okt 12:09
Yangiliklar

SHaxmat

SHavkat Mirziyoev Javohirni tabrikladi, unga uch xonali uy berildi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo'lib o'tgan First Saturday GM xalqaro turnirida iqtidorli shaxmatchimiz Javohir Sindarov uchinchi grossmeysterlik talabini bajargani va 12 yoshida jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteriga aylangani haqida xabar bergandik.

Javohir Sindarov yurtimizda munosib kutib olindi. Prezident SHavkat Mirziyoev jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteri Javohir Sindarovga tabrik yo'lladi.

Tabriknomada shunday so'zlar bor:

«Bunday ulkan etirof yurtimiz yoshlarining barcha sohalarda, jumladan, aql-zakovat musobaqasi bo'lgan shaxmat bo'yicha ham katta marralarni zabt etishga qodir ekanini yana bir bor yaqqol namoyon etmoqda.

Ayni vaqtda bu tarixiy voqea o'zining buyuk ilmiy kashfiyotlari, manaviy-intellektual salohiyati va tafakkuri bilan dunyoni hayratga solgan ulug' allomalarimizning munosib vakillari yurtimizdan etishib chiqayotganini ko'rsatadi.

Ishonchim komil, sen erishgan bu yuksak natija ming-minglab o'g'il-qizlarimizni marrani doimo baland olib, o'z kuchi, bilimi va istedodiga ishonib, turli sohalarda katta g'alabalarni qo'lga kiritishga intilib yashashga ruhlantiradi».

SHundan so'ng, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo'jaev Javohirga Sergeli tumani, CHorbog' mahallasidagi 102-uyning 3 xonali xonadoni kalitini tantanali ravishda topshirdi.

Jahon shaxmat tarixida eng yosh grossmeysterlar ro'yxati:


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing