So’nggi yangiliklar

16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0 10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0 10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0

10 sen 21:29
Yangiliklar

Boshqalar

SHavkat Mirziyoev Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko'rdi (FOTO)

Bu ulkan majmua kelgusi yil yurtimizda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasida Osiyo va Paraosiyo o'yinlari uchun qurilmoqda.

Musobaqalar Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan tan olingan 29 ta sport turi bo'yicha o'tkaziladi. Ularda qitamizning 45 ta davlatidan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

100 gektar maydonga yoyilgan Olimpiya shaharchasida bularning barchasi uchun sharoit bo'ladi. Bugungi kunda asosiy inshootlarda jadal qurilish ketmoqda. Xususan, 12 ming o'rinli olimpiya stadioni, har biri 2 mingdan tomoshabinga mo'ljallangan velodrom, suv sporti saroyi, yakkakurashlar va jamoaviy o'yinlar majmualari qad ko'tarib qolgan.

Davlatimiz rahbari ushbu inshootlarda bo'lib, qurilishning borishini ko'zdan kechirdi. Mutasaddilar ochilish marosimi va musobaqalar paytida bo'lajak sharoitlar yuzasidan axborot berdi.

SHavkat Mirziyoev qulaylik va xavfsizlik masalalariga alohida etibor qaratdi. Bu jarayonlarni yuqori darajada raqamlashtirish, suniy intellekt vositalaridan keng foydalanish lozimligini takidladi.

Olimpiya shaharchasida, shuningdek, futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey, engil atletika kabilar bo'yicha 15 ta ochiq maydon bo'ladi. Muzey va ofislarni o'z ichiga olgan mamuriy bino, bog'lar, suniy ko'l barpo etiladi.

Prezidentimiz majmua  bunyodkori - Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi mutasaddisi bilan ham suhbatlashdi.  

Osiyo o'yinlaridan keyin Olimpiya shaharasidan samarali foydalaniladi. Prezidentimiz takidlaganidek, bu joy mamlakatimiz sportining ilmiy, amaliy, o'quv-mashg'ulot markazi bo'ladi. Sport vazirligi, Antidoping agentligi, Davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqotlar instituti, Sport turlarini rivojlantirish markazi shu erda joylashadi. Professional sportchilarni tayyorlash va mahoratini oshirish bo'yicha mashg'ulotlar o'tkaziladi. Hududiy sport tashkilotlarining shaharcha infratuzilmasidan foydalanishi yo'lga qo'yiladi.

Bu erda “aqlli shahar” koncepciyasiga asoslangan zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etiladi. Umuman, shaharcha sport va sog'lomlashtirish markazi sifatida uzoq yillar xalqimizga xizmat qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing