So’nggi yangiliklar

19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0 09:01Жаҳон чемпионатида қатнашадиган Ўзбекистон cпорт курашчилари маълум 0 20:46"Ғазалкент" клуби яна бир компания билан ҳамкорлик бошлаганини эълон қилди 0 19:00"Ортга йўл йўқ эди". Магомед Анкалаев Перейра қарши жангдаги мағлубият сабабини айтди 0

24 sen 08:46
Yangiliklar

SHaxmat

SHavkat Mirziyoev shaxmat bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolariga tabrik yo'lladi

Davlatimiz rahbari 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida sovrindor bo'lgan shaxmatchilarimizning natijasini beetibor qoldirmadi.

Qadrli farzandlarim!

Avvalo, siz, azizlarni Vengriyaning Budapesht shahrida bo'lib o'tgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida munosib ishtirok etib, qariyb 200 ta davlat vakillari orasida faxrli uchinchi o'rinni egallab, o'zbek shaxmati tarixida yana bir yorqin sahifa ochganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

G'oyat keskin va murosasiz musobaqalarda sizlar yuksak aql-zakovat, mustahkam iroda va matonat fazilatlarini namoyon etib, Xitoy, Serbiya, Armaniston, Germaniya, Ozarbayjon, Sloveniya, Ispaniya kabi manaman degan davlatlarning jamoalarini ortda qoldirganingiz ulkan tahsin va tasannolarga sazovordir.

Sizlarning timsolingizda Yangi O'zbekiston yoshlari mana shunday aql va tafakkur bellashuvlarida qanday baland marralarni egallashga qodir ekanini ko'rib, qalblarimiz faxr-iftixor tuyg'ulariga to'lmoqda.

Ushbu musobaqada yuksak intellektual salohiyatini namoyish etgan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, SHamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboev, Jahongir Vohidov kabi o'g'lonlarimiz erishgan natijalar biz uchun juda qadrlidir.

Ayniqsa, taxtalar kesimida SHamsiddin Vohidov oltin medalni, Nodirbek Abdusattorov kumush medalni qo'lga kiritib, naqadar katta mahorat egasi ekanlarini yana bir bor isbotlaganlarini alohida takidlash lozim.

Mard va jasur o'g'lonlarimiz qatorida Afro'za Hamdamova, Nilufar Yoqubboeva, Umida Omonova, Marjona Malikova, Nodira Nodirjonova singari azmu shijoatli shaxmatchi qizlarimiz ham musobaqalarda munosib ishtirok etib, bor kuch-g'ayrati va mahorati bilan Vatanimiz sharafini himoya qildilar.

Ular o'tgan olimpiadada ko'rsatgan natijalarini yaxshilab, 170 mamlakat o'rtasida 12-o'rinni egallaganlari albatta etiborga molikdir. Matonatli qizimiz Nodira Nodirjonova taxtalar kesimida faxrli 2-o'rinni egallab, kumush medal bilan taqdirlangani ayniqsa quvonchlidir. Ularning barchasini samimiy qutlab, kelgusi musobaqalarda sovrinli o'rinlarni zabt etishlarini tilayman.

Albatta, O'zbekiston shaxmat ustalari qo'lga kiritgan ulkan yutuq Yangi O'zbekistonda yoshlarga qaratilayotgan yuksak etibor, sport va uning eng intellektual turi bo'lgan shaxmatni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarimizning amaliy natijasi, desak, to'g'ri bo'ladi.

Hech shubhasiz, bunday muvaffaqiyatlar xalqimizni ezgu maqsadlar yo'lida yanada birlashtiradi, ming-minglab yoshlarimiz uchun ilhom manbai bo'lib xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, siz, aziz farzandlarimga, erishgan yutuqlaringizga katta hissa qo'shgan tajribali ustoz va murabbiylaringiz, butun jamoangiz azolariga, sizlarni qo'llab-quvvatlab turgan ota-onalaringiz va barcha muxlislaringizga o'z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chin dildan samimiy minnatdorlik bildiraman.

Sizlarga jonajon O'zbekistonimiz 2026 yilda ilk bor mezbonlik qiladigan navbatdagi jahon shaxmat olimpiadasida ham eng yuksak cho'qqilarni zabt etish nasib etsin!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va saodat, kelgusidagi o'qish va ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar tilayman. Zafarli yurishlaringiz doimo bardavom bo'lsin, aziz farzandlarim!

 

SHavkat Mirziyoev,

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing