06 noy 13:29
Yangiliklar
Boks/MMA
SHavkat Rahmonov chempionlik jangi bekor bo'lganiga munosabat bildirdi
Yarimo'rta vazn toifasida qozog'istonlik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov vazn chempioni Belal Muhammad bilan jangi bekor qilinganiga qanday munosabatda bo'lganini aytib berdi.
Ular dekabr oyida o'tkaziladigan UFC 310 turnirining markaziy jangida uchrashishi kerak edi. Biroq Belalning jarohati bunga halaqit berdi.
"Albatta, yomon bo'ldi. Biz tayyorgarlik ko'rgandik, u bilan jang qilishga tayyor edik, bu yoqimsiz holat bo'ldi. U jarohat oldi va jangdan bosh tortdi. Aytishlaricha, u qandaydir infekciya yuqtirib olgan. Biz kutamiz. UFC 310, men hamma narsaga tayyorman", dedi Rahmonov Ariel Xelvani bilan suhbatda.
Havola :
Fikrlar