08 sen 18:42
Yangiliklar
Boks/MMA
SHavkat Rahmonov Maxachevni tanqid qildi
Qozog'istonlik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov Islam Maxachevning sobiq chempion Kamaru Usmonga qarshi jang qilish istagidan norozi ekanini bildirdi.
"Menga uning raqib tanlay boshlagani yoqmadi. Kamaru Usman yaxshi jangchi, uni hisobdan chiqarib bo'lmaydi, ammo hozir u chempionlik darajasida emas.
Islam chempion bo'lganidan keyin tushunarsiz gaplarni ayta boshladi, Kamaru Usman bilan jang qilmoqchiligini bildirdi. Bu menga yoqmadi. Men Islamni inson sifatida hurmat qilaman, lekin men chempionlik jangiga loyiq edim.
Balkim, bir yil jang qilmagandirman, ammo ettita jangda g'alaba qozondim va Ien Gerrini ham mag'lub etdim", — dedi Rahmonov.
Havola :
Manba : ALF Global
Fikrlar