08 sen 14:30
Yangiliklar
SHavkat Rahmonov nima uchun CHimaev bilan tushunmovchilik bo'lgani haqida gapirib berdi
"Qiziq bo'lgan, ammo Xamzat o'shanda xayp uyushtirgandi. Bizda rekord bor, ikkimiz ham yutqazmagandik. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida nimadir yozgandi. (2022 yil SHavkat Xamzatning kurash mahoratiga qoyil qolishi haqida gapirgandi, keyin esa Xamzat "Kim bu bolacha?" deb javob bergan, keyin buni o'chirib tashlagan - tahririyat). SHundan keyin bizda nizo boshlangan. Men shunchaki bu nima uchunligini eslay olmayman.
Keyin u o'rta vaznga ko'tarildi, keyin esa bizning o'zaro jangimiz haqida gapirishdan mano qolmagandi. Mening vazn toifam 77 kg, 84 kg ga ko'tarilish uchun katta vaznga ega emasman va bu erda o'zimni qulay his qilaman. Nima uchun men quruq safsata ortidan quvishim kerak?", - dedi Rahmonov.
Fikrlar