13 dek 09:38
Yangiliklar
Boks/MMA
SHavkat Rahmonovni "kalamush" deb atashdi
Yarimo'rta vaznda sobiq UFC chempioni, amerikalik Kolbi Kovington qozog'istonlik SHavkat Rahmonov haqida gapirdi.
"Bu kalamush SHavkat men bilan jang qilishdan qochyapti. Men Xanter Kempbell va Dana Uaytga qo'ng'iroq qilib, bu kalamush bilan jang qilish imkoniyati haqida so'radim. Bu men olishni istagan yagona jang. Men UFC 310 turnirida u bilan jang qilmoqchi edim, ammo ular menga Xoakin Baklini taklif qilishdi.
Afsuski, bu jang amalga oshmadi, lekin hammasi joyida. Men Baklining g'alabali seriyasini shu dam olish kunlari yakunlab, yana chempionlik uchun kurashga kirisha olaman", dedi Kovington.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar