14 okt 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA
SHavkat Rahmonovning navbatdagi jang sanasi va raqibi haqida malumotlar paydo bo'ldi
Qozog'istonlik SHavkat Rahmonov kelasi yil boshida jang qilishi mumkin.
Insayder Ruben Karterning malum qilishicha, u 30 yanvar kuni Torontoda o'tkaziladigan UFC 336 turnirida jang qilishi mumkin.
"Islam Maxachev va Karlos Prates UFC turnirining asosiy jangida ishtirok etishadi. Joshua Van va Manel Kape o'rtasidagi jang esa asosiy jangdan oldingi eng muhim to'qnashuv sifatida rejalashtirilmoqda.
SHuningdek, Maykl Morales va SHavkat Rahmonov o'rtasida ehtimoliy jang o'tkazilishi haqida ham gap-so'zlar bor. Bu to'qnashuv turnirning ahamiyati bo'yicha uchinchi jangiga aylanishi mumkin", — deb yozdi Karter Instagram sahifasida.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar