08 may 08:21
Yangiliklar

SHaxmat. 13 yoshli Abdusattorov yakka peshqadam
Aylana tarzda o'tkazilayotgan erkaklar o'rtasidagi musobaqada 5 nafar xalqaro grossmeyster - Nodirbek Abdusattorov (2550, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi), Saydali Yo'ldoshev (2469), Marat Jumaev (2451), Aleksey Barsov (2411) va Toxir Vohidov (2400) dona suryapti.
Beshinchi turdan so'ng dunyo tarixidagi eng yosh ikkinchi xalqaro grossmeyster maqomiga erishgan Nodirbek Abdusattorov 4 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. U beshinchi turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, Akmal Fayzullaevni mag'lubiyatga uchratdi.
Nikita Xoroshev, SHamsiddin Vohidov va Saidakbar Saydaliev hisobida 3,5tadan ochko bor. Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboev esa 3tadan ochko jamg'arishdi. Bugun Abdusattorov oq donalarda Ulug'bek Tillaevga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar