09 may 12:46
Yangiliklar

SHaxmat. Abdusattorovning kutilmagan mag'lubiyati
Aylana tarzda o'tkazilayotgan erkaklar o'rtasidagi musobaqada 5 nafar xalqaro grossmeyster - Nodirbek Abdusattorov (2550, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi), Saydali Yo'ldoshev (2469), Marat Jumaev (2451), Aleksey Barsov (2411) va Toxir Vohidov (2400) dona suryapti.
Oltinchi turda dunyo tarixidagi eng yosh ikkinchi xalqaro grossmeyster maqomiga erishgan Nodirbek Abdusattorov kutilmaganda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. To'rt ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turgan Nodirbek oq donalarda dona surishiga qaramay, Ulug'bek Tillaevga imkoniyatni boy berdi.
Yosh shaxmatchimiz Javohir Sindarov qora donalarda o'ynab, tajribali Saydali Yo'ldoshevni mag'lubiyatga uchratdi. Bu turda Abdumalik Abdusalimov, Marat Jumaev, Tohir Vohidov, Nodirbek Yoqubboev g'alabaga erishdi.
Bugun o'tkaziladigan ettinchi tur oldidan biryo'la besh nafar shaxmatchi -Nikita Xoroshev, Javohir Sindarov, SHamsiddin Vohidov, Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboev 4tadan ochko jamg'arib peshqadamlik qilishyapti.
Fikrlar