So’nggi yangiliklar

19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0

14 iyu 20:16
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat bo'yicha Osiyo chempionatining ilk kuniyoq rapid bo'yicha birinchi bo'ldik + FOTOGALEREYA

Bugundan "International" mehmonxonasi shaxmat bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilyapti.

21 iyulga qadar davom etadigan XVII Osiyo chempionatida hamyurtlarimizdan tashqari Avstraliya, Bangladesh, Xitoy, Gongkong, Hindiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Malayziya, Mo'g'uliston, Yangi Zelandiya, Qatar, SHri-Lanka, Tojikiston, Turkmaniston, Birlashgan Arab Amirliklari hamda FIDE bayrog'i ostida 7, 9, 11, 13, 15 va 17 yoshgacha bo'lgan o'smir va qizlar g'oliblik uchun dona surmoqda.

Bugun qita birinchiligining ilk kuni 400 nafarga yaqin salohiyat egalari rapid yo'nalishida o'zaro dona surishdi. Quvonarlisi, yakunda O'zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza, jami 14 ta medal bilan 17 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. 

Mo'g'uliston 4 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan hindistonlik yosh shaxmatchilar yakun yasashdi. Bugungi bahslarda FIDE, Turkaniston, Qozog'iston, Bangladesh, Yangi Zelandiya va Qirg'iziston terma jamoalari ham o'z hisoblariga Osiyo chempionatining medallarini qo'shib qo'yishdi. 

SHuningdek, bugun Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi ham o'tkazildi. Ertaga ishtirokchilar klassik yo'nalishda 9 tur davomida o'z mahoratlarini namoyish etishadi. 20 iyul - Xalqaro shaxmat kunida chempionatning blic yo'nalishida ham kuchlilar saralanadi.

Malumot uchun, qita birinchiligida FIDE ustalari va FIDE ustaligiga nomzod shaxmatchilar ham ishtirok etadi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing