So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

14 dek 17:17
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat bo'yicha "Venkon Cup 2017" musobaqasi start oldi FOTOGALEREYA

13 dekabr kuni Toshkentdagi “Poytaxt” biznes-markazida "Venkon Cup" musobaqasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekistonning turli burchaklaridan kelgan 100 nafar o'g'il va qizlar musobaqadagi o'z ishtiroklarini boshlashdi.

Ushbu musobaqani "Venkon" kompaniyasi "Sky Chess" shaxmat maktabi yordamida tashkil etdi.

"Venkon Cup" ketma-ket ikkinchi yil 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar uchun o'tkazilmoqda. Ushbu musobaqani o'tkazishdan maqsad, o'sib kelayotgan yosh avlod orasida shaxmat sport turiga bo'lgan qiziqishni o'stirish va o'smir sportchilarning mahoratlarini oshirish hisoblanadi. Musobaqada qatnashgan sportchilarda 3, 2 va 1-razryad talablarini bajarish imkoniyati bo'ladi.



O'tgan yil bu musobaqada faqat Toshkent shahrida yashovchi o'g'il va qizlar qatnashishgan bo'lsa, bu yil Xorazm, Samarqand, Surxondayor va boshqa viloyatlardan ham sportchilar turnirda o'z omadlarini sinab ko'rishmoqda. Bu yilgi musobaqada 100 nafardan ortiq yosh shaxmatchilar ro'yxatdan o'tishdi.

"Venkon Cup 2017" ochilish marosimida o'zbek shaxmat yulduzlari – Gulruhbegim Toxirjonova va Saidali Yuldashev qatnashishdi. Ular yosh ishtirokchilar bilan bir vaqtda bir nechta taxtada o'yin o'tkazishdi.



"Venkon" kompaniyasi rahbari Asqar Ismailov ochilish marosimida o'z fikrlarini bildirdi: “Barchaga malumki, shaxmat – birdaniga miyaning ikkala tomonini rivojlantiradigan yagona sport turi. Mantiqiy va ijodiy. Bola qanchalik erta shaxmat bilan shug'ullanishni boshlasa, aqliy rivojlanish shuncha yaxshi bo'ladi. Bu musobaqani faqat bir maqsad yo'lida o'tkazishga qaror qildik – bolalar shaxmat o'ynab rivojlanishin. Aslida bolalarda aqliy va ijodiy mahoratni oshirish ota-onalarning eng katta sovg'asi, shaxmat esa eng yaxshi yordamchi”.



"Sky Chess" shaxmat maktabi asoschisi, O'zbekstonning birinchi ayol grossmeysteri – Nafisa Mo'minova: "SHaxmat - bu nafaqat sport. SHaxmat – bu sanat, ilm-fan va sportning yig'indisi. O'z tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, shaxmat bilan shug'ullangan bolalarning o'qishlari yaxshilanadi, eslab qolish qobiliyati kuchayadi, tartib-intizom ham yaxshilanadi. Orzuimiz – har bir maktabga jismoniy tarbiya faniga shaxmatni ham qo'shish, unda bolalarga shaxmat o'ynashni o'rgatishadi".

Ushbu musobaqa 17 dekabrga qadar davom etadi.




Quyidagi havola orqali "Venkon Cup 2017"dan fotogalereyani tomosha qilish mumkin.

>>>FOTOGALEREYA<<<

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing