12 fev 13:30
Yangiliklar
SHaxmat. Eronda jahon chempionati start oldi
Klassik shaxmat yo'nalishida o'tkazilayotgan jahon chempionatida ishtirokchilar 1/32 final bosqichidan jahon toji sari yurishni boshlashdi. Amaldagi jahon chempioni unvoni xitoylik Xou Ifanga tegishli bo'lib turibdi.
Reglamentga ko'ra, musobaqa nokaut tizimida o'tkaziladi va ikki partiya yakuniga ko'ra keyingi bosqichga yo'l olgan shaxmatchi nomi aniqlanadi. Agar g'olibni aniqlash uchun ikki partiya kifoya qilmasa, u holda shaxmatchilar rapid yo'nalishida qo'shimcha yana ikkita partiya o'ynashadi.
G'oliblik uchun asosiy davogarlardan biri ukrainalik Anna Muzichuk 1/32 final bosqichining ilk partiyasida qora donalarda o'ynashiga qaramay, jazoirlik Amina Meziudni taslim etdi.
SHuningdek, Inna
Gaponenko va Nino Xurcidze ham ilk partiyada zafar quchishdi. Anna Ushenina –
Anastasiya Zezyulkina, Xoang Txan CHang – Nataliya Buksa partiyalarida durang natija
qayd etildi.
Fikrlar