So’nggi yangiliklar

19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0

30 dek 11:57
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat federaciyasi yil hisobidan so'nggi turnirni o'tkazdi

28-29 dekabr kunlari Toshkentda rapid va blic yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston shaxmat federaciyasining “Qishki Kubok” musobaqasi o'tkazildi.

Yangi yil bayrami oldidan tashkil etilgan 2017 yilning so'nggi taqvim musobaqasida 53 nafar sportchi g'oliblik yo'lida dona surdi. O'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarda Adel Rahmon (FM) 7 imkoniyatdan 6,5 ochko to'plab, g'olib bo'ldi.

Kubok sohibiga aylangan Adel 6 g'alaba va bir durang qayd etdi. To'rtta g'alaba va 3ta durang qayd etgan Georgiy SHvanov 5,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. SHuncha ochko jamg'argan Jamshid Sultonov bronza medaliga sazovor bo'ldi.


Qizlar o'rtasidagi turnirda Yuliya Xegay (WCM) 5 ochko bilan shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Faxriylar orasida Lev Kim 5 ochko bilan turnir chempioni bo'ldi. 14 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar bahsida SHerzod Samandarov 5 ochko bilan chempionga aylandi.

Xalqaro reyting ochkolarini beruvchi ushbu musobaqaning blic bahslarida 43 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Samarqandlik Daler Vohidov 7 imkoniyatdan 6,5 ochko jamg'arib, blic turniri g'olibi bo'ldi.


Kuchli uchlikdan Fotix Abduxoliqov (6 ochko) va Jamshid Sultonov (5,5 ochko) joy olishdi. 14 yoshlilar musobaqasida Umida Omonova, qizlar o'rtasida Mahliyo Hakimova oltin medalga sazovor bo'ldi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing