06 may 11:28
Yangiliklar

SHaxmat. Gulruhbegimda uchinchi g'alaba, Sarvinoz yutqazdi
Xotin-qiz shaxmatchilar musobaqasida ikki nafar xalqaro grossmeyster - Gulruhbegim Toxirjonova (2349, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi) va Sarvinoz Qurbonboeva (2219) ishtirok etmoqda. Uchinchi turda ulardan biri mag'lubiyatga uchradi.
Ketma-ket ikki g'alabadan so'ng Sarvinoz Qurbonboeva qora donalarda o'ynab, Irina Gevorgyanga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Tohirjonova esa uchinchi g'alabasini tantana qildi. Bu safar u qora donalarda Sevara Boymurodovani engdi.
Amaldagi mamlakat chempioni Nodira Nodirjonova Bahora Abdusattorovadan ustun keldi. Nilufar Yoqubboeva Rayhon Doniyorovani, Marjona O'ktamova SHahzoda SHermuhammadovadan ustun keldi. Bugun 4-turda Tohirjonova Gevorgyanga qarshi dona suradi.
Fikrlar