14 sen 18:02
Yangiliklar
SHaxmat. Hamyurtimiz Lev Tolstoy kubogi sovrindori!
«Lev Tolstoy kubogi» deb nomlangan musobaqa adib tug'ilib o'sgan manzilda tashkil etildi. Ilk marotaba o'tkazilgan xalqaro turnirda gollandiyalik grossmeyster Anish Giri g'oliblikni qo'lga kiritdi. U 2021 yil 1 sentyabr holatiga ko'ra, FIDE reytingida 7-o'rinni egallab turibdi.
Xalqaro turnirning eng yosh ishtirokchisi, o'zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov musobaqada sensacion natija qayd etib, 2-o'rinni egalladi. U turnirda 5,5 ochko to'pladi. Hamyurtimizdan 0,5 ochko kam jamg'argan isroillik Boris Gelfand esa 3-o'rindan joy oldi.
Musobaqada Rossiya, Gollandiya, Isroil, Ukraina va O'zbekistondan jami 10 nafar tajribali grossmeysterlar, shaxmat yulduzlari ishtirok etishdi. SHulardan 6 nafari FIDE reytingida dunyoning TOP-50taligidan joy olgan.
Fikrlar