So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

09 dek 14:49
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat ishqibozlari "Venkon Cup 2017"ga marhamat

Teglar :  SHaxmatSky Chess
SHu yilning 13 dekabrdan 17 dekabriga Toshkentdagi "Poytaxt" biznes-markazida ananaviy "Venkon Cup" musobaqasi bo'lib o'tadi.

"Sky Chess" shaxmat maktabi tomonidan o'tkaziladigan ushbu musobaqada Venkon kompaniyasining ham katta hissasi bo'ladi. Axborot hamkori - www.olamsport.com sayti.

"Venkon Cup" ketma-ket ikkinchi yil 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar uchun o'tkaziladi. Ushbu saralash musobaqasi ishtirokchilarga 3, 2 va 1-razryad normasini bajarish uchun imkoniyat bo'ladi.

O'tgan yilgi turnirda faqat Toshkent shahrida yashovchi o'smirlar ishtirok etishgan bo'lsa, bu yilgi musobaqada Xorazm, Samarqand, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari shaxmat maktablarida tahsil oluvchi yoshlar ham qatnashishadi.

17 dekabr kuni "Venkon Cup 2017" musobaqasida Qozog'iston, Franciya va o'zbekistonlik taniqli shaxmatchilar ishtirokida namoyishli o'yinlar o'tkaziladi. Bu bahslar soat 11:00da boshlanadi.

Agar sizda yoki sizning farzandingizda ushbu musobaqada qatnashish istagi bo'lsa ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Malumot uchun, barcha viloyatlardan kelgan ishtirokchilar musobaqada bepul qatnashishlari mumkin. Toshkent shahrida yashovchi qatnashchilar to'laydigan badal pullarining barchasi ishtirokchilarga sovg'alar olish uchun sarflanadi.

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi raqamga qo'ng'iroq qilish mumkin: 120-00-25


Musobaqani tomosha qilish istagida bo'lganlar bemalol "Poytaxt" biznes-markazining 4-konferenc zaliga tashrif buyurib yosh shaxmatchilarning o'yinlarini ko'rishlari mumkin bo'ladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing