22 fev 15:50
Yangiliklar
SHaxmat. Jahon chempionatida 1/2 finalning uch ishtirokchisi malum
Ukrainalik Anna Muzichuk bolgariyalik raqibasi Antoaneta Stefanova bilan oq donalarda yana durang o'ynadi. 43-yurishdan so'ng tomonlar murosaga kelishdi. CHorak finalning uchta partiyasidan so'ng Muzichuk 1,5:0,5 hisobida zafar quchdi.
Blic va rapid yo'nalishlarida amaldagi jahon chempioni hisoblangan Muzichukning yarim finaldagi raqibasi rossiyalik Aleksandra Kostenyuk bo'ladi. U chorak finalda 1,5:0,5 hisobida xitoylik Ni SHicyunni taslim etdi.
Yana bir chorak final juftligida kutilmagan natija qayd etildi. Turnir reytingida birinchi raqam ostida tasniflangan xitoylik Czyuy Venzyun hamyurti Tan CHjun Iga 0,5:1,5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
So'nggi yarim finalchining nomi hindistonlik Xarika Dronavali va gruziyalik Nana Dzagnidze bahsidan so'ng aniqlanadi. Hozircha ikkala shaxmatchi bittadan g'alabaga erishishdi. Bugun tay-breykda g'olib aniqlanadi.
Malumot uchun, jahon chempionatining 1/2 final uchrashuvlari 23-25 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
Fikrlar