So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

27 iyu 10:15
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat. Jahon chempionlari O'zbekistonda tantanali kutib olindi

Sir emaski, so'nggi paytlarda yosh o'zbek shaxmatchilari o'z muvaffaqiyatlari bilan jahon arenalarida butun dunyoni lol qoldirib kelishmoqda.

Minskda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi II jahon chempionatida muvaffaqiyat qozonib, shohsupaga ko'tarilgan yosh hamyurtlarimiz o'zbek shaxmatining qanday salohiyatga ega ekanligi, mamlakatimizda kuchli shaxmatchilarning yangi avlodi kamolga etayotganidan darak berib turibdi.
Avval xabar berib o'tganimizdek, o'zbekistonlik yosh shaxmatchilar Belorus poytaxti Minsk shahrida bo'lib o'tgan shaxmatning blic va rapid yo'nalishida o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida 9 ta medal qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagandilar.

Bugun ana shu nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan yosh aql-idrok sohiblari poytaxtimizga etib kelishdi. SHaxmatchilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Jasur Matchanov boshchiligidagi O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari, mamlakat shaxmat federaciyasi xodimlari, sportchilarning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.


Eslatib o'tamiz, o'smirlar o'rtasidagi II jahon chempionatida hamyurtlarimiz rapid yo'nalishida 2 ta oltin (Humoyun Begmurotov, Umida Omonova), 2 ta kumush (Afro'za Hamdamova, Olmos Rahmatullaev), blic bellashuvlarida esa 3 ta oltin (Humoyun Begmurotov, Afro'za Hamdamova, Umida Omonova) hamda 2ta kumush (Ruqiya Olimova, SHahrombek Karimov) medallarini qo'lga kiritishgandi.

"Musobaqa biz uchun juda yaxshi o'tdi. U erda turli mamlakat vakillariga qarshi o'ynadim va ularni mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdim. Jahon chempioni bo'lib, shohsupaga ko'tarilganimdan juda xursandman. SHaxmatchilardan norvegiyalik Magnus Karlsenga havas qilaman, uning muxlisiman. Kelajakda dunyoning eng yosh grossmeysteri bo'lmoqchiman, undan tashqari kattalar o'rtasida jahon chempioni bo'lishni orzu qilaman", - dedi rapid va blic yo'nalishidagi jahon chempioni Humoyun Begmurotov.

"Jahon chempionati menga juda yoqdi. Raqiblarimning barchasini mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioni bo'la oldim. Minsk juda chiroyli shahar ekan. Bellashuvlarda kuchli raqiblar ko'p bo'ldi, ammo biz ulardan kuchli ekanligimizni namoyish etib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritdik. Bundan juda xursandmiz. Endi Ispaniyada tashkil qilinadigan ananaviy shaxmat bo'yicha jahon chempionatida qatnashamiz, u erdan ham chempion bo'lib qaytmoqchimiz", - dedi jahon birinchiligi g'olibi Afro'za Hamdamova.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O'zbekiston shaxmat federaciyasi, terma jamoamiz murabbiylar shtabi, chempion sportchilarimiz va ularning ota-onalarini yana bir marotaba tabriklab qoladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing