14 sen 10:29
Yangiliklar
SHaxmat. Jahon Kubogida 1/4 finalchilar aniqlanyapti
Yilning ushbu nufuzli musobaqasida 4-bosqich uchrashuvlari o'tkazilyapti. Armanistonlik grossmeyster Levon Aronyan ikkinchi partiya bahsida rossiyalik Daniil Dubovni mag'lubiyatga uchratib, 1/4 finalga chiqdi.
Rossiyalik Petr Svidler va xitoylik Bu Syanchji o'rtasidagi partiyada hozircha tenglik. SHaxmatchilar hal qiluvchi partiyada g'olib nomiga oydinlik kiritishadi. Aynan Bu uchinchi raundda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag'lubiyatga uchratgan edi.
SHuningdek, Aleksandr
Grishuk (Rossiya) – Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Vladimir Fedoseev (Rossiya) –
Maksim Rodshteyn (Isroil) hamda Evgeniy Naer (Rossiya) – Rixard Rapport (Vengriya)
uchrashuvlarida ham durang qayd etildi.
Fikrlar