27 noy 10:13
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat. Jahon toji sohibi tay-brekda aniqlanadi
Buyuk Britaniyaning London shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha jahon toji uchun chempionlik matchi o'zining eng qizg'in pallasiga etib keldi.
Unda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen (2835) hamda davogarlar turniri g'olibi amerikalik Fabiano Karuana (2832) dunyoning 2018 yildagi eng kuchli shaxmatchisi kim degan savolga oydinlik kiritishyapti. SHu kungacha o'n ikkita partiya o'ynalgan bo'lsa, hech birida g'alaba qayd etilmadi. Barcha o'yinlar durang bilan yakunlandi.
Endi shaxmatchilar tezkor shaxmat bo'yicha 4 ta partiyada o'yin o'tkazadilar. Ana shu partiyalar orqali jahon toji sohibi aniqlanadi.
Hozircha esa hisob 6:6.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar