22 jan 20:48
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat. Nodirbek Abdusattorov Aronyan bilan durang o'ynadi
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Tata Steel Chess-2023" turniri davom etmoqda.
Bugun, 22 yanvar kuni musobaqa doirasida 8-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada "Masters" guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov tur doirasida amerikalik Levon Aronyanga qarshi dona surdi va durangga erishdi.
Ushbu durangdan so'ng Nodirbekning hisobidagi ochkolari soni 6 taga etdi. U hamon peshqadamlikni saqlab turibdi.
"CHellenjer" guruhida esa Javohir Sindarovning turkiyalik Mustafa Yilmazga qarshi o'yini davom etmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar