18 jan 15:41
Yangiliklar
SHaxmat. Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen bilan o'yindan oldin musobaqa jadvalida nechanchi o'rinda?
Musobaqada hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov "Masters" guruhida, Javohir Sindarov esa "CHellenjer" guruhida dona surayotganligi haqida xabar qilgandik.
Hozircha musobaqada 4-tur o'yinlari ortda qoldi.
Nodirbek Abdusattorov 4 ta o'yindan so'ng 2 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etgan va 3 ochkoga ega bo'lib turibdi. Guruh peshqadami Anish Giri ham 3 ochko jamg'argan.
Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertaga 5-tur bahslari tashkil etiladi. Unda Nodirbek norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi o'yin o'tkazadi.
"Masters" guruhidagi vaziyat bilan tanishing:
Javohir Sindarov esa 4 ta o'yindan so'ng 2,5 ochko jamg'argan. U 1 ta g'alaba va 3 ta durang qayd etgan. Ayni paytda u o'z guruhida 4-o'rinni egallab turibdi.
"CHellenjer" guruhidagi vaziyat bilan tanishing:
Fikrlar