02 avg 21:57
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat Olimpiadasi: 6-turda mezbonlarga qarshi o'ynaymiz
Hindistonning CHennay shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'zining eng qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Ertaga musobaqaning 6-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi turni mezbon Hindiston terma jamoasiga qarshi to'qnash keladi.
Hindiston terma jamoasi 5 ta turdan so'ng to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Biz esa uchinchi o'rindamiz.
Qizlarimiz esa 6-turni SHotlandiya vakilalariga qarshi o'tkazishadi. SHotlandiya hozirga kelib 68, O'zbekiston esa 54-o'rinni band etgan.
6-tur o'yinari 3 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:30da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar