So’nggi yangiliklar

22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0 14:51Баҳодир Аҳмедов - Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи! 0

15 sen 09:56
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat Olimpiadasi. Amaldagi vice-chempion Gruziya hamda Moldovaga qarshi uchrashuvlar uchun juftliklar malum

Vengriya poytaxti Budapesht shahri 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda.

Dunyoning ikki yuzga yaqin davlati terma jamoalari qatnashayotgan nufuzli musobaqada bugun 5-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Amaldagi Olimpiada chempioni hisoblangan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun Moldovaga qarshi bahs olib boradi. 

Bugungi raqiblarimiz ham biz singari 3 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Moldova 1-turda Gaiti terma jamoasini 3,5:0,5, 2-turda Uelsni 3,5:0,5 hisobida taslim etdi. Uchinchi turda Ozarbayjonga 1:3 hisobi bilan yutqazdi, kecha 4-turda esa BAAdan 3,5:0,5 hisobida ustun keldi. 

Jami 184 ta terma jamoa qatnashayotgan ayollar o'rtasidagi musobaqada Aleksey Dreev murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. Qizlarimiz ilk turda Gaiti davlati shaxmatchilarini 4:0, 2-turda Angolani 3:1, 3-turda esa ancha kuchli hisoblangan mezbon Vengriya terma jamoasini 2,5:1,5, kecha 4-turda esa tarkibida jahon chempioni bo'lgan Bolgariyani 2,5:1,5 hisobida engishdi. 

Bugun 5-turdagi raqib - Gruziya! Tarkibida uch nafar grossmeyster bo'lgan gruzinlar Butunjahon shaxmat Olimpiadasining amaldagi vice-chempionlari hisoblanadi. Gruziyaliklar 1-turda BAAni 4:0, 2-turda CHernogoriyani 3:1 hisobida mag'lub etishdi. Uchinchi turda biroz kutilmaganda Ruminiya bilan murosaga kelishdi - 2:2. Kecha o'tkazilgan 4-turda esa Greciya terma jamoasini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. 

Malumot uchun, bugungi har ikki uchrashuv bizning vaqt bilan soat 18:15da boshlanadi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing