09 sen 08:05
Yangiliklar
SHaxmat Olimpiadasi. Erkaklar jamoamiz Mo'g'ulistondan engildi
42-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O'zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari ham ishtirok etyapti. Kutilmaganda 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov boshchiligidagi O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Butunjahon shaxmat Olimpiadasining oltinchi turida Mo'g'uliston terma jamoasiga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Rustam Qosimjonov, Jahongir Vohidov va Anton Filippov raqiblari bilan durang o'ynashdi. Marat Jumaev o'z partiyasida yutqazib qo'ydi. Bugun shaxmatchilarimiz Nikaragua terma jamoasi vakillariga qarshi bahs olib borishadi.
Ettinchi tur oldidan terma jamoamiz qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 45-pog'onadan 63-o'ringa tushib ketdi. Terma jamoamiz hisobida 3ta g'alaba va shuncha mag'lubiyat bor.
Fikrlar