So’nggi yangiliklar

12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0

16 sen 16:30
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat Olimpiadasi. Isroil va Niderlandiyaga qarshi uchrashuvlar uchun juftliklar malum

Vengriya poytaxti Budapesht shahri 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda.

Dunyoning ikki yuzga yaqin davlati terma jamoalari qatnashayotgan nufuzli musobaqada bugun 6-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Amaldagi Olimpiada chempioni hisoblangan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun tarkibida to'rt nafar grossmeysteri bor Isroilga qarshi bahs olib boradi. Birinchi taxtada Nodirbek Abdusattorov Maksim Rodshteynga qarshi dona suradi. 

Bugungi raqiblarimiz 3 g'alaba va 2 durang qayd etishgan hamda turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8 ochko bilan 20-pog'onadan joy olgan. Isroil 1-turda Efiopiya terma jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etib, keyin ketma-ket Irlandiya va Mo'g'uliston bilan durang (2:2) o'ynadi. Albaniyani 4:0, Kolumbiyani esa 2,5:1,5 hisobida engdi. 

Jami 184 ta terma jamoa qatnashayotgan ayollar o'rtasidagi musobaqada Aleksey Dreev murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. Qizlarimiz ilk turda Gaiti davlati shaxmatchilarini 4:0, 2-turda Angolani 3:1, 3-turda esa ancha kuchli hisoblangan mezbon Vengriya terma jamoasini 2,5:1,5, 4-turda tarkibida jahon chempioni bo'lgan Bolgariyani 2,5:1,5 hisobida engishdi. Kecha o'tkazilgan 5-turda esa tarkibida uch nafar grossmeyster bo'lgan, Butunjahon shaxmat Olimpiadasining amaldagi vice-chempionlari hisoblangan Gruziyaga munosib qarshilik ko'rsatib, 1,5 : 2,5  hisobida yutqazib qo'yishdi. 

Bugungi raqibalarimiz niderlandiyaliklar 1-turda Madagaskarni 4:0, 2-turda SHimoliy Makedoniyani 3,5:0,5, 3-turda Estoniyani 2,5:1,5 hisobida mag'lub etishdi. To'rtinchi turda tarkibida Gulruhbegim Tohirjonova o'ynayotgan AQSHga 0,5:3,5 hisobida yutqazishdi. Kecha o'tkazilgan 5-turda esa Xorvatiya terma jamoasi 2,5:1,5 hisobida taslim etildi. Niderlandiya ham biz singari 4 g'alaba va 1 mag'lubiyatga ega. O'zbekiston 8 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 15, Niderlandiya esa 26-pog'onadan joy olgan.  

Malumot uchun, bugungi har ikki uchrashuv bizning vaqt bilan soat 18:15da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing