So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

01 avg 12:22
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat Olimpiadasi. O'zbekiston - AQSH, O'zbekiston - Dominikan bahsi juftliklari malum

Hindistonning CHennay shahrida o'tkazilayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.

Bugun Olimpiadaning 4-tur partiyalari o'ynaladi. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda uchta g'alabaga erishib, qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 4-o'rinni egallab turgan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun reyting peshqadami AQSH shaxmatchilarga qarshi dona suradi. O'zbekiston jahon reytingida 14-o'rinni egallab turibdi. Bugungi jiddiy raqiblarimiz ham uchta turda g'alaba nashidasini surishgan. 

Bugun AQSH safida Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Uesli So, Sem SHankland yosh grossmeysterlarimizga qarshi dona suradi. Raqiblarning bari 2700 dan yuqori reyting ballariga ega ekaniyoq AQSHning qanday jamoa ekanidan darak berib turibdi.  

Malumot uchun, AQSH terma jamoasi 1-turda Angolani 3,5:1,5, 2-turda Paragvayni 2,5:1,5, kecha 3-turda Gruziyani 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Yulduzli tarkibga ega amerikalik grossmeysterlar qo'shimcha ko'rsatkichga ko'ra 20-pog'onadan joy olishgan. 

(1) AQSH - (14) O'zbekiston (juftliklar):

Fabiano Karauna (2783) - Nodirbek Abdusattorov (2688)

Levon Aronyan (2775) - Nodirbek Yoqubboev (2620) 

Uesli So (2773) - Javohir Sindarov (2629) 

Sem SHankland (2720) - Jahongir Vohidov (2564) 

(Suratdagi Fabiano Karuana)

Ikki g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi shaxmatchilari esa bugun 4-turda dominikanlik dugonalariga qarshi bahs olib borishadi. O'zbekiston jahon reytingida 46, Dominikan Respublikasi esa 75-pog'onadan joy olgan. Bugungi uchrashuv oldidan O'zbekiston turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 51, Dominikan esa 69-pog'onani band etgan. 

(75) Dominikan Respublikasi - (46) O'zbekiston (juftliklar):

Reydili Rosario (1882) - Nilufar Yoqubboeva (2299) 

Uilsayda Sezar Diaz (1834) - Umida Omonova (2195) 

Doribel Munos (1851) - Maftuna Bobomurodova (1914)

Meri Peguero Gonsalez (1666) - Marjona Malikova (1756)

Reyting:    

Fikrlar

   
01 avg 14:23:06
SPRINTERshashist
Акш таркибида биринчи ракамли шахматчиси Узбекистон термасига Кабул килинмаган опа сингиллардан. Биттаси бор.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing